Taʼlimda operator mahorati
14 Oct, 2022 - 16:50
499
Axborot va matbuot xizmati
Kino bu tasvir, undagi bor voqelik ranglarda aks etadi. Yorqin kadrlar, rangli kompozitsiyalar, nur va soya, palitra, vizual rakurs, umuman tasvirning barcha imkoniyatlari kino sanʼatida mujassam. Uni tomoshabinga toʼliq yetkazish esa operator mahorati bilan bogʼliq.
Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti «Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati» kafedrasi tayanch doktoranti Otajon Dostonovning “Zamonaviy oʼzbek kinosida operatorlik sanʼatining yangi tamoyillari (2000-2020)” tadqiqot ishi doirasida ilmiy-amaliy darslar oʼtkazilyapti.
"Kino-teleoperatorlik" ta'lim yunalishi 2-kurs talabalari uchun fotokompozitsiya fanidan koʼchma dars boʼlib oʼtdi.
Unda tarixiy badiiy filmlarni sur'atga olishda Oʼrta Osiyo meʼmorchilik uslublari orqali 3D modellarini yaratish, shuningdek, tasviriy sanʼat nazariyasi va taraqqiyot namunalarini solishtirish, zamonaviy kinoeffektlar tadriji haqida maʼlumotlar berildi.
XV asrda bunyod etilgan Baroqxon madrasasi, Hazrati Imom majmuasi binolari orqali arxitektura dizaynini oʼrganish, mazkur obyektlarda suratga olish usullari, xususiyatlari, rakurs nuqtasi, quyosh va oy yorugʼligidan xarakterli foydalana olish koʼnikmasini shakllantirish oʼrganildi.
Shuningdek, arxitektura dizaynida ham fotooperatorlik mahorati boʼyicha 1820 yil bunyod etilgan Аbulqosim (Eshon) madrasasi binolarida fotosuratga olish usullari, xususiyatlari, rakurs nuqtasi, quyosh va oy yorugʼligidan xarakterli foydalana olish usullari oʼrgatildi.
Dostonbek Rahmatullaev