"Mendirman Jaloliddin" nomli ko‘p qismli badiiy filmning 2-faslini ishlash jarayonlari

14 Oct, 2022 - 08:45
484
"Mendirman Jaloliddin" nomli ko‘p qismli badiiy filmning 2-faslini ishlash jarayonlari

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "Bo‘zdag‘ film" kinokompaniyasi hamkorlikda suratga olinayotgan "Mendirman Jaloliddin" nomli ko‘p qismli badiiy filmning 2-faslini ishlash jarayonlari bilan tanishish maqsadida vazirlik mutaxassislaridan iborat ishchi guruh a’zolari: Ozodjon Yuldashev, Ilyos Dadaboyev,  Fotix Djalalov, Baxrom Usmonov 13-oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida filmni suratga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar "Bo‘zdag‘ film" kinokompaniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Hakan Yildirim va bo‘lim mudiri Fatix Kurt bilan muhokama qilindi. Muhokama davomida filmni montaj, dublyaj ishlarini jadallashtirish va uning 2-faslini suratga olish jarayonlarini yakunlash borasida takliflar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash