12-oktabr kuni O'zbekiston davlat konservatoriyasi katta konsertlar zalida O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi Davlat akademik xalq cholg'ulari orkestrining navbatdagi “Yangi O'zbekiston-taronalari” nomli konsert dasturi bo'lib o'tdi.

13 Oct, 2022 - 16:38
564

Axborot va matbuot xizmati

Konsert dasturida orkestrning ijro dasturidan o'rin olgan o'zbek milliy musiqalaridan “Munojat", “Ey sabo”, “Oʻshal damlar’’; jahon klassik durdona asaridan “Julyetta valsi”, “Korentoga qayting”, “Gofman ertaklari” kabi musiqalar ijro etildi. Shu bilan birga, O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi xor ansambli tomonidan jamoaviy kuylangan kuy-qo'shiqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. Ma'lumot o'rnida, konsert dasturi davomida Respublika va xalqaro tanlovlar laureati sovrindorlari chiqishlari iliq taassurot qoldirdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash