О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining tizim tashkilotlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.

13 Oct, 2022 - 09:30
413
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida  Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining tizim tashkilotlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.

Axborot va matbuot xizmati

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida respublikamiz hududlarining iqtisodiyot sohalarida xoreograf kadrlarga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganish hamda kadrlar bilan bog‘liq mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining tizim tashkilotlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.

Uchrashuvda bolalar musiqa va san’at maktablarining direktorlari ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida Surxondaryo viloyatini sohaviy kadrlar bilan ta’minlash bо‘yicha kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan muhokamalar о‘tkazildi hamda ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash