О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining tizim tashkilotlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.
13 Oct, 2022 - 09:30
412
Axborot va matbuot xizmati
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida respublikamiz hududlarining iqtisodiyot sohalarida xoreograf kadrlarga bо‘lgan ehtiyojini о‘rganish hamda kadrlar bilan bog‘liq mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining tizim tashkilotlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.
Uchrashuvda bolalar musiqa va san’at maktablarining direktorlari ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida Surxondaryo viloyatini sohaviy kadrlar bilan ta’minlash bо‘yicha kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan muhokamalar о‘tkazildi hamda ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.