QONIQАRSIZ NАTIJАLАR SАBАB TIZIM QАYTА TEKSHIRILАDI

19 Aug, 2021 - 17:00
754
QONIQАRSIZ NАTIJАLАR SАBАB TIZIM QАYTА TEKSHIRILАDI

Toshkent viloyatida o`rganish natijalari

Kuzatib borayotganingizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining oʼrganish va tahlil ishchi guruhining navbatdagi manzili Toshkent viloyati boʼldi.

12-14 avgust kunlari oʼtkazilgan oʼrganish va tahlil davomida viloyat madaniyat boshqarmasi va uning tizimidagi taʼlim muassasalari, madaniyat markazlari, koʼzi ojizlar kutubxonalari hamda boshqa ijodiy tashkilotlarida ijro nazorati, hujjatlar hamda kadrlar bilan ishlash, davlat tiliga rioya qilinishi, ajratilgan byudjet mablagʼlaridan maqsadli foydalanish, byudjetdan tashqari mablagʼ ishlab topish kabi koʼplab masalalarning natijadorligi koʼzdan kechirildi.

Yakuniy xulosalardan soʼng, Madaniyat vazirining birinchi oʼrinbosari Bahodir Аhmedov ishtirokida yigʼilish oʼtkazilib, mavjud vaziyat tanqidiy muhokama qilindi.

Natijada, oʼz vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashib, meʼyoriy hujjatlar yuritilishi va ijro intizomining buzilishiga sabab boʼlgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʼrildi.

 Xususan, “Oʼzbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent viloyati boʼlimi boshligʼi oʼz lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, 6-, 8-, 11-, 16-, 19-, 20-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablari direktorlariga, Chinoz, Ohangaron, Bekobod, Yangiyoʼl, Oqqoʼrgʼon, Boʼka tumanlari madaniyat boʼlimi mudirlariga “hayfsan” intizomiy jazo choralari koʼrildi. 

Shuningdek, viloyatdagi 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Quyi Chirchiq tumani va Nurafshon shahar madaniyat boʼlimlari mudirlarini lavozimiga loyiqlik masalasini qayta koʼrib chiqish belgilab qoʼyildi.

Bundan tashqari, 11 nafar soha xodimlarining lavozimda qolish yoki qolmaslik, 13 nafar xodimga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasini koʼrish boʼyicha vazirlik rahbariyatiga taklif kiritish belgilanib, 5 nafar xodim qatʼiy ogohlantirildi.

Yigʼilish yakunida tizimdagi mavjud taʼlim muassasalarini vazirlikning ishchi guruhi tomonidan takroriy oʼrganilishi taʼkidlanib, kelgusidagi muhim vazifalar ijrosi yuzasidan zurur topshiriq va koʼrsatmalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash