Boku shahridagi VIII xalqaro kitoblar ko’rgazmasi
05 Oct, 2022 - 18:52
694
Axborot va matbuot xizmati
Har yili an’anaviy ravishda Boku shahrida xalqaro kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, mazkur ko‘rgazmada Turkiy davlatlar va MDHga a’zo davlat noshirlik, kitob targ‘iboti va umuman, kitobxonlik faoliyati siyosatini olib boruvchi davlat va xususiy tashkilotlar ishtirok etadi. O‘zbekiston delegatsiya tarkibida Madaniyat vazirligi, Termiz davlat universiteti va "Yangi avlod" nashriyoti vakillari rasmiy mehmon va kuzatuvchi sifatida koʻrgazmada ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma davomida Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Rossiya davlatlari delegatsiyasi bilan kutubxonalar targ‘ibotiga oid hamkorlik masalalari bo‘yicha rasmiy va norasmiy uchrashuvlar tashkil etiladi.