Sirdaryo viloyatida imkoniyati cheklangan yosh ijodkorlar o‘rtasida “Iste’dodlar kamalagi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

30 Sep, 2022 - 19:13
430
Sirdaryo viloyatida imkoniyati cheklangan yosh ijodkorlar o‘rtasida “Iste’dodlar kamalagi”  ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Axborot va matbuot xizmati

Tadbir Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya bilan hamkorlikda tashkil etildi. 17 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi:

“Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi” – Qambarov Mahmudjon (Toshkent viloyati);

“Eng yaxshi an’anaviy xonanda” – Yusupov Oybek Ulug‘bek o‘g‘li (Namangan viloyati);

“Eng yaxshi estrada xonandasi” – Jazilov Shuhrat Rustamovich (Jizzax viloyati);

“Eng yaxshi opera xonandasi” – Pirnazarov Fazilbek Dauletbay uli (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);

“Eng yaxshi nazm” – Meliboyeva Sarvinoz (Namangan viloyati);

“Eng yaxshi tasviriy san’at” – Ahmedov Umidjon (Toshkent viloyati);

“Eng yaxshi amaliy san’at” – Rajapova Nasiba (Xorazm viloyati);

“Eng yaxshi haykaltarosh” – Rahmatov Ozodbek (Samarqand viloyati).

Tanlovning 15 nafar g‘olibi Madaniyat vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash