Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zining 21-mavsumini boshladi

07 Sep, 2022 - 13:55
538
Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zining 21-mavsumini boshladi

Axborot va matbuot xizmati

Bundan 21 yil muqaddam jajji muxlislarni qarshi olgan teatr allaqachon bolajonlarning sevimli maskaniga aylandi. Teatr jamoasi mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi nishonlanayotgan shu kunlarda yangi ijodiy mavsumni boshlashi ham bolajonlar uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Ta'lim maskanlarida yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan teatr yangi mavsumni boshlagani, teatrni sog‘ingan muxlislarga olam-olam zavq ulashdi. Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar teatr muxlislarini va teatr jamoasini yangi 21-mavsum bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Shundan so‘ng teatrning binosi oldida bolajonlarning sevimli ertak qahramonlari ishtirokidagi maydon tomoshalari boshlandi. Tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan maydon tomoshalaridan so‘ng Y. Speranskiy asari asosida sahnalashtirilgan "G‘aroyib musobaqa" spektakli namoyish etildi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash