Mustaqillik bayrami nishonlandi
29 Aug, 2022 - 15:57
442
Axborot va matbuot xizmati
Yurtimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi Surxondaryo viloyatida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.
"Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Termiz shahridagi San'at saroyining amfiteatr majmuasida o‘tkazilgan shodiyonaning madaniy qismida taniqli san'atkorlar qatorida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdi.