Ko‘ngillarda bayram shukuhi

25 Aug, 2022 - 22:10
413
Ko‘ngillarda bayram shukuhi

Axborot va matbuot xizmati

So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy musiqa, xususan, an’anaviy va akademik musiqa hamda raqs san’atini rivojlantirish, ijrochilarning kasb mahoratini oshirish va bu yo‘nalishda iqtidorli yoshlarni aniqlab, qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar bugun o‘z natijalarini ko‘rsata boshladi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasiga tashrifimiz davomida bunga yana bir karra guvoh bo‘ldik.  Dastlab filarmoniyaning moddiy-texnik bazasi va xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, respublikamiz mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdik.

“Tamanno” raqs ansambli jamoasi bilan suhbatlashib, ularning o‘z sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini eshitdik.Fursatdan foydalanib, filarmoniya jamoasini istiqlolimizning 31 yilligi bilan qutladik. Muloqotimiz samimiy ruhda kechdi.

O‘ylaymizki, Samarqandda nishonlanadigan mustaqillik bayrami tantanalarini yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishda ushbu zaminda ijod qilayotgan san’at va madaniyat xodimlarining hissasi beqiyos bo‘ladi.  

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash