Tayinlov
22 Jul, 2022 - 17:49
521
Axborot va matbuot xizmati
Nematov Doniyor Yunusovich Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Nematov 1979-yil 17-yanvarda Peshku tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi Axborot va informatika texnologiyalari, Madaniyat va san'at muassasalarini boshqarish, psixolog.
Mazkur tayinlovga qadar, Buxoro istisoslashtirilgan san'at maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan. Madaniyat va san'at sohasida katta tajribaga ega.
Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Doniyor Nematovni tanishtirib, tayinlangan yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tiladi!