“Xush kayfiyat” respublika tanlovi final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

27 Jun, 2022 - 16:39
490
“Xush kayfiyat” respublika tanlovi final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan “Xush kayfiyat” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda hududlar kesimida jami 700 dan ortiq yosh qiziqchilar, askiyachilar qatnashgan bo‘lib, ular orasidan 45 nafar ishtirokchi respublika bosqichiga saralab olindi.

Respublika bosqichi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati a’zolari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar, taniqli so‘z ustalari Mamasiddiq Sherayev, Mirzabek Xolmedov, Avaz Oxun, Zokir Ochildiyev hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Ma’murjon Umarov taklif etildi.

Hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq 9 nafar ishtirokchilar 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi hamda g‘oliblar madaniyat vazirligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar, maxsus diplom bilan taqdirlandi.

“Askiya ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Farg‘ona viloyati askiyachilari jamoasi;
2-o‘rin – Sirdaryo viloyati Boyovut tumani askiyachilari jamoasi;
3-o‘rin – Andijon viloyati Asaka tumani askiyachilari jamoasi.

“Qiziqchilik” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Yusupov Nodirjon Sodiq o‘g‘li;
2-o‘rin – Berdimurodov Bahodir Muzrab o‘g‘li;
3-o‘rin – Turg‘unova Diyora Mahmudjon qizi.

“Afandi latifalari ijrochilari” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Faxriyev Diyorjon Komiljonovich;
2-o‘rin – Maxmudov G‘ayratjon G‘opirjon o‘g‘li;
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Dem bermes” jamoasi.

Madaniyat.uz  | Telegram  | Facebook  | Instagram  | YouTube 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash