Ilmiy-amaliy konferensiya
24 May, 2022 - 16:08
681
Axborot va matbuot xizmati
Ilmiy-amaliy konferensiya
Qarshi Davlat Universitetida iqtidorli baxshi Qodir Rahimovning 85 yilligiga bag’ishlangan "Janubiy O’zbekiston folklori va shevashunosligi muammolari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Anjumanda Qoraqalpog’iston Respublikasidan filologiya fanlari doktori Kenesbay Allambergenov, Afg'oniston Respublikasidan Aral Azizulloh, Jizzax viloyatidan Umrzoq Jumanazarov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bo'lim boshlig'i Gulbahor Fozilova, universitet professorlari, O'zbekiston xalq baxshilari Shodmon Xo'jamberdiyev, Maxmadmurod Radjabov, Ochil Chorshanbiyev ishtirok etdi.
Mazkur konferensiyada marosim folklorining lokal va poetik xususiyatlari, xalq og’zaki ijodida ta'lim-tarbiya, urf-odat va an'analar afsonaviy baxshi Qodir Rahimovning baxshichilik va ustoz-shogirdlik an'anasi tahlil qilindi. Konferensiya materiallari to’plam shaklda chop etildi.