Jarayon boshlandi...

20 May, 2022 - 14:00
507
Jarayon boshlandi...

Axborot va matbuot xizmati

 

Xabaringiz bor, Madaniyat vazirligi tashabbusiga asosan turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali suratga olinib, tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilgan edi.

Ushbu serial nafaqat ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalar mustahkamlanishiga hissa qoʻshdi, balki har ikki tomon kinoijodkorlari uchun oʻzaro tajriba almashish maydoni boʻlib ham xizmat qildi. 
 
Boshlangan ezgu ishni izchil davom ettirish maqsadida serialning ikkinchi mavsumi uchun kasting eʼlon qilingandi. Аyni paytda u yakunlanib, 21 may kunidan eʼtiboran suratga olish ishlariga start beriladi.

Аlbatta, “Mendirman Jaloliddin”ning ikkinchi mavsumi ham “Bozdag' film” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinadi va 13 seriyadan iborat boʼladi.

Istanbulda suratga olish ishlariga tayyorgarlik koʼrayotgan ijodiy jamoa tarkibida oʼzgarishlar koʼp. Xususan, ikkinchi mavsumda Mahliyoxon Аsqaralieva, Joʼrabek Аrziev, Javohir Xoʼjaev va qator turk aktyor, aktrisalaridan iborat yangi chehralar namoyon boʼladi. 

Serial ijodkorlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash