“Navro‘z sadolari” nomli masofaviy VIII xalqaro musiqa ko‘rik-festivali
19 May, 2022 - 11:58
521
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining "Orkestr dirijyorligi" kafedrasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlarining “Navro‘z sadolari” nomli masofaviy VIII xalqaro musiqa ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festival yosh ijrochilarning jamoaviy musiqiy ijro jarayonida yangi ijodiy uslublarni egallashiga, milliy va jahon mumtoz kompozitorlarining asarlarini ijro etib, milliy cholg‘ularda jamoaviy ijrochilikni rivojlantirishga, musiqiy ijrochilik jarayonida o‘zlarining ijro mahoratini oshirishga xizmat qiladi.