Muammolar, albatta, o‘z yechimini topadi

14 May, 2022 - 16:30
539
Muammolar, albatta, o‘z yechimini topadi

Axborot va matbuot xizmati

Muammolar, albatta, o‘z yechimini topadi

Farg‘ona viloyatiga safarimiz davomida navbatdagi tashrif manzilimiz viloyat “Hayvonot bog‘i” bo‘ldi. 

Bog‘ hududini ko‘zdan kechirish asnosida ma’lum bo‘ldiki, viloyat aholisi hordiq chiqaradigan asosiy maskanlardan biri sanalgan bu joyda qator muammo va kamchiliklar mavjud.

Xususan, bog‘ hududini kengaytirish, yangi hayvonlar keltirish, bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy aholi va mehmonlarning mazmunli dam olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish kabi bajarilishi zarur bo‘lgan qator tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqdik. Shuningdek, mazkur vazifalar yuzasidan samarali takliflar tayyorlandi.

O‘ylaymizki, qisqa fursatda ushbu “Hayvonot bog‘i” hududi obodligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga erishiladi.

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash