Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga tashrif buyurdi
13 May, 2022 - 12:29
504
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga tashrif buyurdi
Bu yerda vazir o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ta’lim muassasasini zamon talablariga mos madaniyat muassasasiga aylantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Qolaversa zarur bo‘ladigan cholg‘ular ro‘yxatini shakllantirishda, sifatga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Madaniyat vaziri san’at maktabini ko'zdan kechirish jarayonida maqom ansambli bilan uchrashdi va ular tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarni tinglab, yoshlarga omad va zafarlar tiladi.