O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq

11 May, 2022 - 17:47
504
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali intellektual mulkni himoya qilish tartiblari takomillashtirilib, bojxona organlarining bu sohadagi faoliyati “aktiv faza”ga o‘tkazildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlari savdosida qulay shart-sharoitlar yaratish uchun “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishga tushirilishi hamda IT-mutaxassislarning dasturlarini sotish uchun elektron maydon yaratilishi belgilandi.

Qarorga binoan tizimli ravishda “qaroqchi”lik bilan shug‘ullanuvchi va ijodkorlarning huquqlarini buzuvchi ko‘ngilochar veb-saytlar faoliyatini cheklash va bu orqali san’at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanishining oldini olish maqsad qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash