E’tibor va mehringiz uchun tashakkur, azizlar!
08 May, 2022 - 18:29
583
Axborot va matbuot xizmati
E’tibor va mehringiz uchun tashakkur, azizlar!
Har bir bahor inson umriga nafaqat yosh qo‘shadi, balki hayotiy tajribasini muayyan darajada orttirib, o‘tkazgan yillarini sarhisob qilishga undaydi. Mulohaza yuritadi, o‘zi uchun xulosalar chiqaradi.
Ko‘p hollarda mening tavallud kunim xizmat safarlariga to‘g‘ri kelib qoladi. Shunday damlarni qadrdon muxlislarim, samimiy insonlar qurshovida o‘tkazish nasib etgani uchun taqdirimdan doimo minnatdor bo‘laman. Mana, bu gal Boysun zaminida mehridaryo xalqimiz, bag‘rikeng Surxon eli, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ijodkorlar, madaniyat va san’at ahli bilan birgalikda nishonladik va bundan qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi.
Fursatdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlaru telefon orqali yo‘llangan tabriklar, qaynoq kafti bilan qo‘limizni siqib, aytilgan ezgu tilaklar, ko‘rsatilgan e’tibor va hurmat uchun barcha-barchangizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.
Xalqimiz mehri, muxlislar e’tirofi menga hamisha katta kuch, ilhom bag‘ishlab, yanada samarali mehnat qilishga undaydi.
Va, albatta, bu galgi tavallud ayyomimda unutilmas taassurotlar va tuyg‘ularni hadya etgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytaman.
E’tibor va mehringiz uchun tashakkur, azizlar!
Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri