Tabrik

07 May, 2022 - 19:26
524
Tabrik

Axborot va matbuot xizmati

Tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni bugungi tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz. 

Ozodbek Nazarbekov uzoq yillar davomida o‘zining betakror ijod namunalari bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojiga katta hissa qo’shdi. 

O.Nazarbekovning san’atimizni rivojlantirishda mamlakatimiz va xalqimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz rahbariyati tomonidan munosib e’tirof etilib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti faxriy unvonlari hamda “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Hurmatli, Ozodbek Ahmadovich, sizning mehnatseverligingiz, har bir vazifaga sidqidildan yondashishingiz ko’pchilik uchun ibrat bo’lib xizmat qiladi. 

Tavallud kuningizda sizga quvonch ulashuvchi kunlar ko’p bo’lishini, doim xalqimiz e’tibori va e’tirofida bo’lishingizni tilaymiz. 

@Aziz_Abduhakimov - Bosh vazir o’rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash