Eʼlon

19 May, 2022 - 18:45
964
Eʼlon

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qarori ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga taqdim qilinadigan zamonaviy dramatik, musiqali drama va qogirchoq pyesalari quyidagi yonalish va mavzularda:

- aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-goyaviy barkamol sahna asarlari;

- inson qadrini ulug‘lash, mahallalardagi farovon turmush, namunali oilalar, ibratli ayollar faoliyati aks etgan asarlar;

- favqulodda holatlarda insoniylik jasorati va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan zamonamiz qahramonlari;

- olimlar, harbiylar, ichki ishlar, sanʼatkorlar, shifokorlar, o‘qituvchilar, sprotchilar, quruvchilar, yosh ixtirochilar;

- sahovatpesha tadbirkorlar, fermerlar, dehqonlar, cho‘ponlar;

- diniy ekstremizm, odam savdosi, migratsiya, gastarbayterlik, OITS;

- bugungi kun muammolari va yutuqlari, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar aks etgan davrimizning ilg‘or ayollari hayoti aks etgan, millatlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, sog‘lom-turmush tarzini targ‘ib qilish, ona Vatanni keng o‘rganishga va sayyohlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan, insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan, yoshlarga ibrat bo‘ladigan tarixiy, zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari bo‘lishi zarur.

Asarlar Madaniyat vazirligiga ariza orqali taqdim etiladi.

Taqdim etiladigan asar o‘zbek tilida, 2 nusxada (elektron varianti bilan), kompyuterda A4 formatda, 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lib, hajmi zamonaviy dramatik, musiqali dramalar 30-35 sahifadan, qo‘g‘irchoq pyesalar esa 15 sahifadan kam bo‘lmasligi zarur. Tanlovda yoshidan qatʼiy nazar, barcha ijodkorlar dramaturgiyaning zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalar bilan ishtirok etishi mumkin.

Asar belgilangan tartibda yuborilmasa, murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Taqdim qilingan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.

Barcha asarlar nufuzli hayʼat aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tanlov g‘oliblari 3 ta yo‘nalish (zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari) bo‘yicha mukofotlanadi:

1-o‘rin (zamonaviy dramatik asarlar yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 32 barobari;

1-o‘rin (musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 32 barobari;

1-o‘rin (qo‘g‘irchoq pyesa yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari;

2-o‘rin (zamonaviy dramatik asar yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari;

2-o‘rin (musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta)  haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari;

2-o‘rin (qo‘g‘irchoq pyesa yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta)  haq to‘lashning eng kam miqdorining  29 barobari;

3-o‘rin (zamonaviy dramatik asar yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 29 barobari;

3-o‘rin (musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 29 barobari;

3-o‘rin (qo‘g‘irchoq pyesa yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 28,1 barobarida

 Tanlovga ijodiy ishlar 2022-yilning 10-avgustiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida eʼlon qilinadi.

 Asarlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Teatr va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasiga yuboriladi.

 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 1-uy. Teatr va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasiga tel : 55 502-33-77 (ichki raqam 123,124)

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash