Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
04 May, 2022 - 14:00
638
Axborot va matbuot xizmati
Istanbul shahrida Yevroosiyo teatrlari assotsiatsiyasi tomonidan "Tunjer Jujeno'g'li teatr kunlari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi. Unda Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston va boshqa davlatlardan teatrshunoslar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Xususan, nufuzli tadbirda "Tunjer Jujeno'g'li asarlari O‘zbekiston teatrlari sahnalarida" nomli ilmiy maʼruza bilan O‘zbekistondan sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze hamda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov qatnashdi. Anjuman doirasida bir qator taniqli teatr mutaxassislari bilan xalqaro loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.