Navoiyda ilk bor "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi

01 May, 2022 - 21:36
656
Navoiyda ilk bor "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi

Axborot va matbuot xizmati

Navoiyda ilk bor "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi

Respublikamizning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert tomosha tadbirlarini  tizimli ravishda yo'lga qo'yish maqsadida  Navoiy viloyatida "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir Navoiy viloyatining Xatirchi va Navbahor tuman madaniyat markazlarida, Navoiy shahar "Yoshlar markazi"da , Karmana tumanida, Qiziltepa madaniyat markazi hamda Navoiy shahar maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasining "Baxtsiz kuyov" spektakli hamda Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining " 99 tilla tanga" ertak - tomoshalari yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi. Bu kabi tadbirlar yurtimizning barcha hududlarida yil yakuniga qadar davom etadi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash