Navoiyda ilk bor "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi
01 May, 2022 - 21:36
655
Axborot va matbuot xizmati
Navoiyda ilk bor "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi
Respublikamizning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish maqsadida Navoiy viloyatida "Qashqadaryo viloyati madaniyat kunlari" bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir Navoiy viloyatining Xatirchi va Navbahor tuman madaniyat markazlarida, Navoiy shahar "Yoshlar markazi"da , Karmana tumanida, Qiziltepa madaniyat markazi hamda Navoiy shahar maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasining "Baxtsiz kuyov" spektakli hamda Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining " 99 tilla tanga" ertak - tomoshalari yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi. Bu kabi tadbirlar yurtimizning barcha hududlarida yil yakuniga qadar davom etadi.