Ozodbek Nazarbekov soha vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
01 May, 2022 - 11:02
597
Axborot va matbuot xizmati
Ozodbek Nazarbekov soha vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xorazm viloyati madaniyat bo‘limlari, filarmoniya, teatr hamda musiqa maktablari rahbarlari va bo‘lim boshliqlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish ochiq muloqot tarzida kechdi va vazir viloyatdagi soha vakillarining muammolari hamda takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov o‘z so‘zida sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli ta’minlashga har bir xodim mas’uliyat bilan yondashishi va befarq bo‘lmasligi lozimligini ta’kidlab, bu madaniyat va san’at sohasining bugungi rivoji, ertangi istiqboli uchun o‘ta muhimligini qayd etdi. Bu borada o‘z maslahatlarini berdi.