"Kitobxonlik haftaligi" doirasida
23 Apr, 2022 - 11:01
579
Axborot va matbuot xizmati
Jizzax viloyati Forish tumanidagi Innovatsion madaniyat markazida "Kitobxonlik haftaligi" bo'lib o'tdi. Unda O’zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Obiddin Maxmudovlar ishtirok etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar "Bogʻdon gullari" folklor etnografik xalq ansambli ijrosidagi qoʻshiqlar bilan tantanali tarzda kutib olindi. Haftalik doirasida Forish tuman madaniyat markazi kutubxonasi va ko’zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “Kitob bilim o’chog’i", "Kitob nurli kelajak" nomli kitob ko’rgazmalari tashkil etildi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube