Qashqadaryolik soha vakillari bilan kelgusi vazifalar muhokamasi

23 Apr, 2022 - 09:00
573
Qashqadaryolik soha vakillari bilan kelgusi vazifalar muhokamasi

Axborot va matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida hududdagi madaniyat sohasi vakillari bilan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdik. 

 

Unda joriy yilda qabul qilingan sohaga oid qarorlar ijrosini to‘laqonli ta’minlash, madaniyat kunlarini tashkil qilish, yangi o‘quv yili boshidan umumta’lim maktablarida milliy cholg‘ular bo‘yicha darslar tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdik. 

 

Shuningdek, kalendar rejalar tuzish, ommaviy tadbirlar tashkil etish hamda hokimiyat bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasini ham muhokama qildik. 

 

Yig‘ilish davomida qashqadaryolik soha vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berib, sohaga oid takliflarini tingladik.

 

Yil yakunida muhokama qilingan masalalar va berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazishni belgilab oldik. 

 

Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri

 

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash