"99 tilla tanga" spektakli

21 Apr, 2022 - 13:33
557
"99 tilla tanga" spektakli

Axborot va matbuot xizmati

 
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatrida rejissyor Shomurat Yusupov badiiy rahbarligida, yosh rejissyor Hamidjon Abduvohidov  tomonidan sahnalashtirilgan "99 tilla tanga" spektakli mutaxassislar e’tiboriga namoyish etildi.

Spektakl muhokamasida Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maxmutbay Aytniyazov, Teatr Arboblari uyushmasi mutaxassisi Oybek Veysal o‘g‘li, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-tahririyat sho‘basi mudiri Shorustam Abidov, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri direktori Hotam Axunov ishtirok etdi.

Kengash a'zolari spektaklning yutuqlari haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Mutaxassislar tomonidan spektakl ijobiy qabul qilindi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash