"99 tilla tanga" spektakli
21 Apr, 2022 - 13:33
556
Axborot va matbuot xizmati
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatrida rejissyor Shomurat Yusupov badiiy rahbarligida, yosh rejissyor Hamidjon Abduvohidov tomonidan sahnalashtirilgan "99 tilla tanga" spektakli mutaxassislar e’tiboriga namoyish etildi.
Spektakl muhokamasida Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maxmutbay Aytniyazov, Teatr Arboblari uyushmasi mutaxassisi Oybek Veysal o‘g‘li, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-tahririyat sho‘basi mudiri Shorustam Abidov, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri direktori Hotam Axunov ishtirok etdi.
Kengash a'zolari spektaklning yutuqlari haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Mutaxassislar tomonidan spektakl ijobiy qabul qilindi.