“Kitob oqshomi” festivaliga marhamat!

21 Apr, 2022 - 09:47
615
“Kitob oqshomi” festivaliga marhamat!

Axborot va matbuot xizmati

Bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 20-aprel kuni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Magic City” oilaviy ko‘ngilochar bog‘ida “Kitob oqshomi” festivali tashkil etildi.

Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, bolalar kitoblari mualliflari,  faol kitobxon o‘quvchilar hamda "Diydor" yoshlar eksperimental teatr - studiyasi ijodiy jamosi ishtirok etdi. Festival haqiqiy bayram tusini oldi. Kuy qo‘shiqlarga ulanib, kitobxonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni yanada ko‘proq kitob o‘qishga undashi shubhasiz.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash