TAYINLOV

18 Apr, 2022 - 14:30
594
TAYINLOV

Axborot va matbuot xizmati

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, muassasaning Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i Nasriddinov Otabek Kamoliddinovich muassasaning Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish va ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xudoyberdiyev O‘rol Abduhakimovich muassasaning Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish va ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Zufarov Murodjon Mirjalolovich tayinlandi. Bungacha u Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Madaniyat vazirligi jamoasi mas’uliyatli lavozimlarga tayinlanganlarning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash