“Madaniyat kunlari” qizg‘in o‘tmoqda
13 Apr, 2022 - 12:30
537
Axborot va matbuot xizmati
Guliston shahridagi “Besh tashabbus hiyoboni”da “madaniyat kunlari” doirasida viloyat tadbiri o‘tkazildi. Unda Guliston shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at bo‘imi o‘quvchilari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari hamda Ichki ishlar vaziriga maktab o‘quvchilari tomonidan chizilgan o‘z portretlari taqdim etildi. Bu ular uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi.
Umuman, yoshlarning ijod namunalari tadbirga kelganlarda katta taassurot qoldirdi.