Ta'ziya
10 Apr, 2022 - 15:15
526
Axborot va matbuot xizmati
O'zbekiston xalq artisti, ustoz san'atkor Lutfulla Sa'dullayev 82 yoshda vafot etdi. 1940-yilning 18-dekabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan ustoz san'atkor 1965-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan.
Lutfulla Sa'dullayev o'z faoliyatini 1963-yilda Yosh tomoshabinlar teatridan boshlagan. Teatr sahnasidagi Muso Jalil ("Muso Jalil"), Bunyod ("Semurgʻ"), Ibn Sino ("Donishmandning yoshligi"),Shogʻulom ("Janjal"), Omon ("Shum bola"), Mirqosim ("Zaharli tomchilar"), Ibn Malʼun ("Ming bir kecha") kabi ijrolari, televideniya va kino tasmalardagi "Sadoqat", "Bebahoginam", Berdi ("Qismat"), Abdulla ("Odam boʻlish qiyin), Alimardon Toʻrayev ("Bahor qaytmaydi"), Mahkam ("Uch ildiz") singari ko'plab ijro etgan obrazlarida inson hayoti, dardi to'la aks etgan jonli asarlar endi bizga xotira bo'lib qoldi.
Madaniyat vazirligi Lutfulla Sa'dullayevning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.