Andijon viloyat bo‘linmasining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi
08 Apr, 2022 - 16:05
540
Axborot va matbuot xizmati
Andijon viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Unga O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori, viloyat hududiy bo‘linmalari direktorlari ham tashrif buyurdi. Konsert dasturida xonanda, sozanda, raqqos va raqqosalar tomonidan jonli ijroda mohirona ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘nggida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvarjon Tojiboyev, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Azizxon Maqsumov, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Marxabo Sattarova so‘zga chiqib, tashkilotchilarni e’tirof etdi.