Qutlug‘ yosh tantanasi
08 Apr, 2022 - 13:59
534
Axborot va matbuot xizmati
Butun umrini milliy musiqa san’ati rivojiga va yoshlarga ilm o‘rgatishga baxshida qilgan ustoz san’atkor Otaxon Matyoqubov qutlug‘ 90 yoshini o‘zbek san’ati darg‘alari, shogirdlari, talabalar va yaqinlari qurshovida qarshiladi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti katta zalida tantanali ravishda nishonlangan tadbirda ijro etilgan doston, terma va mumtoz navolarning eng sara namunalari barchaga ajib taassurot hadya etdi.
Aytish joizki, Otaxon Matyoqubovdek ustoz san’atkor bilan yonma-yon turib ishlash barobarida ulardan san’atning bizga notanish ba’zi yo‘llaridan yurish hadisini olayotganimiz ham baxt ham imkoniyatdir.
Ustozni tavallud ayyomlari bilan qutlab, yoshlarga ilm o‘rgatishdan aslo tolmang, deymiz.
Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri