Kino san'ati ixtisosligi bo'yicha tadqiqot ishi amaliyotga yo'naltirildi
08 Apr, 2022 - 13:57
547
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligi Ta'lim muassasalari va sohani metodologik ta'minlash boshqarmasi hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati" kafedrasi bilan hamkorlikda kino san'ati televideniye ixtisosligi bo'yicha tayanch doktorant Otajon Dostonovning san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasi uchun yozilayotgan ilmiy tadqiqot ishi amaliyotga joriy qilinmoqda. Tadqiqot ishi doirasida "Eksperiment 17" ijodiy loyihasi tashkillashtirildi.
Loyiha zamonaviy kinooperatorlik ta'limi, milliy idrok-tasviriy yechim badiiy xususiyatlar taraqqiyoti ustida izlanish, sharq yozuvchi-dramaturg asarlaridagi poetikani o'rganish hamda operatorlik mahoratlarini kino tasvirga olish maydonchasida amaliy dars va boshqa eksperimentlarni o'z ichiga oladi.