Muhammad Yusufning "Tanlangan asarlar" kitobi Turkiyada chop etildi
08 Apr, 2022 - 11:56
553
Axborot va matbuot xizmati
TURKSOY xalqaro tashkiloti va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi tomonidan turk tiliga o‘girilgan mazkur kitobning taqdimoti Anqara shahrida tantanali ravishda o‘tkazildi.
TURKSOY bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida hamyurtlarimiz – O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher A’zamxo‘jayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, uyushma a’zosi va sevimli shoirimizning rafiqasi Nazira Salomova ishtirok etib, tadbirning xalqaro ahamiyati, yurtimizda adabiyot va kitobxonlik, jumladan, Muhammad Yusuf ijodini ommalashtirishga berilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘zladilar.
Anjumanda so‘zga chiqqan TURKSOY xalqaro tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Bilol Chaqiji Muhammad Yusuf asarlarining turkiy dunyodagi yuksak o‘rni haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.
Madaniyat.uz (http://www.madaniyat.uz/) | Telegram (https://t.me/madaniyatvazirligi) | Facebook (https://www.facebook.com/madaniyat.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/) | YouTube (http://youtube.com/channel/UCYTQJhNSqcT8dvDMSD8GwaQ)