"Boysun bahori" festivali

04 Apr, 2022 - 10:08
581
"Boysun bahori" festivali

Axborot va matbuot xizmati

"Boysun bahori" festivali

Joriy yilning 7–8-may kunlari tog‘li Boysun tumanidagi so‘lim Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq an’anaviy festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan folklor jamoalarining 200 dan ortiq vakili o‘z hududlariga xos libos va qadimiy kuy-qo‘shiqlar bilan faol ishtirok etadi.

Milliy qadriyat va an’analarimiz sharaflanadigan shodiyona doirasida milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarafon, uloq-ko‘pkari, varrak uchirish, arqon tortish, chillak va boshqa xalq o‘yinlariga ham keng o‘rin ajratilgan.

Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi o‘tov-uy o‘rnatgan jamoalar, sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash