“Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Bolalar namunali jamoalari”ga diplom topshirish marosimi
01 Apr, 2022 - 18:58
661
Axborot va matbuot xizmati
Hozirgi kungacha respublikamizda 549 ta folklor jamoasi faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 3-son hay’at majlisida “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Bolalar namunali jamoasi” unvonlarini olish uchun tavsiya etilganlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganilib, eng faol, deb topilgan jamoalardan 48 tasiga unvon berilishi munosabati bilan ular soni 597 taga yetdi.
Shu munosabat bilan Madaniyat vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Bolalar namunali jamoalari”ga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etib, xalq og‘zaki ijodini barkamol avlodga bezavol yetkazish yo‘lida samarali ijod qilib kelayotgan barcha jamoalarga omad tiladi.