Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning sentyabr oyida Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali e’lon qilingan san’at institutining sobiq binosi bugungi kunda qarovsiz holatda bo‘lib, quruvchi tashkilot tomonidan buzilish xavfi ostidaligi, mutasaddilardan noyob freskali devorlarga ega binoni asrab qolish mazmunidagi murojaatga javoban shuni ma’lum qilamizki, bino 2019-yil Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qaroriga asosan Madaniy meros ob’yektiga o‘tkazilib, ro‘yxatga olingan. Hozirgi kunda ushbu binoni asrab qolish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat vazirligi
Matbuot va axborot xizmati