“Estradadan maqomgacha”

28 Oct, 2021 - 13:04
791
“Estradadan maqomgacha”

“Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdieva ustozlar bilan ijodiy jarayonni boshladi.

“Oʼzbekkontsert” davlat muassasasi hamda Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Estradadan maqomgacha” teleloyihasida ishtirokchilarning ustozlar bilan ijodiy jarayonlari davom etmoqda.

Loyihaning yana bir ishtirokchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdieva ham loyihaning birinchi sharti boʼyicha Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Nodira Pirmatova bilan tayyorgarlikni boshladi. 

Maʼlumot oʼrnida: Har bir loyiha ishtirokchisining ustozlar bilan qoʼshiqlar ustida ishlash jarayonlari muntazam ravishda tasvirga olib borilmoqda va mazkur jarayonlar televidenie orqali alohida namoyish etilishi moʼljallangan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash