TАYINLOV

22 Oct, 2021 - 17:15
759
TАYINLOV

Navoiy teatri

Joriy yilning 21 oktabr kuni Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston davlat akademik katta teatrida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Bosh vazir oʼrinbosari, Turizm va sport vaziri Аziz Аbduhakimov, davlat maslahatchisi Аbdujabbor Аbduvohidov va Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi. 

Yigʼilishda soʼzga chiqqanlar bugungi kunda davlatimiz tomonidan sanʼat va madaniyatga qaratilayotgan eʼtibor hamda ijobiy oʼzgarishlar xususida toʼxtalib, mazkur teatr ijodkorlarining yutuqlarini eʼtirof etishdi. 

Shuningdek, tashkiliy masala koʼrilib, Oʼzbekiston xalq artisti Ramiz Usmanov Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston davlat akademik katta teatriga direktor etib tayinlandi. 

Shu kunga qadar mazkur lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan Mahmud Murodovni boshqa ishga oʼtayotgani munosabati bilan jamoa ishtirokida ehtirom ila kuzatildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash