San'atsevar yoshlar uchun navbatdagi: "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"
16 Dec, 2023 - 23:26
289
Matbuot xizmati
"Madaniyat yoshlarni chinakam san'at va go‘zallik ruhida tarbiyalash maskaniga aylanishi kerak"
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov rahbarligida san'atsevar yoshlar ishtirokida bo'lib o'tgan,
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" seminarida ushbu mavzuga alohida to'xtalib o'tildi.
Hozirgi kunda berilayotgan e’tibor, xususan ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda san’at va madaniyatning roli atroflicha ekanligi, yoshlar ma’naviyatiga ta'sir etuvchi omillarda musiqa madaniyatining yoshlar tarbiyasidagi o'rni beqiyos deya ta'kidladi, Bahodir Axmedov.
Qashqadaryo viloyati yoshlar markazida jam bo'lgan yoshlar, madaniyat va san'at sohasiga oid o'zlarining qiziqtirgan savollariga vazir o'rinbosari tomonidan keraklicha javob oldilar.
O'z qiziqishlarini madaniyat sohasiga oid takliflarini dadillik bilan yetkaza olgan bugungi seminar ishtirokchilari uchun vazirlik tomonidan barcha imkoniyat eshiklari ochiqligi, yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash uchun barcha sohalar singari madaniyat sohasida ham yetarlicha imkoniyatlar yaratilganligi seminar yakunida e'tirof etildi.