San'atsevar yoshlar uchun navbatdagi: "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

16 Dec, 2023 - 23:26
288
San'atsevar yoshlar uchun navbatdagi: "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

Matbuot xizmati

"Madaniyat yoshlarni chinakam san'at va go‘zallik ruhida tarbiyalash maskaniga aylanishi kerak"
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov rahbarligida san'atsevar yoshlar  ishtirokida bo'lib o'tgan,
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" seminarida ushbu mavzuga alohida to'xtalib o'tildi. 

Hozirgi kunda berilayotgan e’tibor, xususan ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda san’at va madaniyatning roli atroflicha ekanligi, yoshlar ma’naviyatiga ta'sir etuvchi omillarda musiqa madaniyatining yoshlar tarbiyasidagi o'rni beqiyos deya ta'kidladi, Bahodir Axmedov. 

Qashqadaryo viloyati  yoshlar markazida jam bo'lgan yoshlar, madaniyat va san'at sohasiga oid o'zlarining qiziqtirgan savollariga vazir o'rinbosari tomonidan keraklicha javob  oldilar. 

O'z qiziqishlarini madaniyat sohasiga oid takliflarini  dadillik bilan yetkaza olgan  bugungi seminar ishtirokchilari uchun  vazirlik tomonidan barcha  imkoniyat eshiklari ochiqligi, yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash uchun barcha sohalar singari  madaniyat sohasida ham yetarlicha imkoniyatlar yaratilganligi seminar yakunida e'tirof etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash