Ijobiy va foydali uchrashuv
16 Dec, 2023 - 16:16
290
Matbuot xizmati
Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari A.Tadjixanov Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida 15- dekabr kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butun Rossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK)ga tashrif buyurdi. Universitet rektori V.Malishev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda universitetning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish yuzasidan fikr va mulohazalar almashilindi. Universitetga malaka oshirish uchun kelgan Toshkent filiali talabalarining o‘quv amaliyot faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahridagi filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.