Ijobiy va foydali uchrashuv

16 Dec, 2023 - 16:16
289
Ijobiy va foydali uchrashuv

Matbuot xizmati

Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari A.Tadjixanov Rossiya Federatsiyasiga  tashrifi doirasida 15- dekabr kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butun Rossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK)ga  tashrif buyurdi. Universitet rektori V.Malishev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda universitetning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirish yuzasidan fikr va mulohazalar almashilindi. Universitetga malaka oshirish  uchun kelgan Toshkent filiali talabalarining o‘quv amaliyot faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahridagi filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash