Bahodir Axmedov hamda ijodkor yoshlar oʻrtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
15 Dec, 2023 - 21:41
321
Matbuot xizmati
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda, ularga keng ko‘lamda imkoniyat yaratish borasida Surxondaryo viloyatida 15-dekabr kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” seminari bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahrida tashkil etilgan ushbu seminar davomiyligida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarini olib, kelajakda katta marralar sari intilishliklari haqida dadil so‘z yuritishdi.
Qolaversa Baxodir Axmedov tomonidan yoshlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishliklari xususida suhbatlar olib borildi.
Shuningdek Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik jamoalarning Navro‘z bayrami uchun dasturlari ko'rib chiqilib, kerakli tavsiyalar berildi.