Ijodkor yoshlar bilan uchrashuv
12 Dec, 2023 - 18:01
274
Matbuot xizmati
Bugun 12-dekabr kuni Navoiy viloyati “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da Madaniyat Vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov ishtirokida “Rahbar va ijodkor yoshlar uchrashuvi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarni shahar va tuman Madaniyat bo‘limlarining folklor-etnografik xalq havaskorlik ansambllari tomonidan chiqishlari boshlab berdi. Baxodir Axmedov tomonidan ushbu chiqishlariga kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quvchi yoshlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Seminarda axborot texnologiyalarni joriy etish hamda ijodkor yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.