Olmazorliklar uchun yana bir tuhfa
07 Dec, 2023 - 20:52
306
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
lmazor tumani “Zavqiy” nomidagi 10-son madaniyat markazining ochilish marosimida qatnashdik.
Yaqinda kapital ta’mirdan chiqqan mazkur binoda endilikda san’atsevar yoshlar uchun raqs san’ati, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy va estrada xonandaligi, aktyorlik mahorati, tasviriy va amaliy san’at to‘garaklarini tashkil etiladi.
Aytish kerakki, bugun aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasini ko‘rsatish uchun bu kabi zamonaviy markazlarga ehtiyoj bor.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov